Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MEHR-MURUVVAT VA SAXOVAT — DEPUTAT FAOLIYATINING BOSH MEZONI
янв.21
EHTIYOJMAND OILALAR DOIMIY E’TIBORDA: BAYRAM ARAFASIDAGI SAXOVAT TADBIRI
янв.21
URGANCH SHAHRIDA 35-SONLI MTT REKONSTRUKSIYASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
URGANCH SHAHRIDAGI 14-SON SHIMOLIY G’ARBIY QOZONXONASI VA ISSIQLIK TARMOQLARI REKONSTRUKSIYASI O’RGANILDI
янв.21
KELAJAK SARI DADIL QADAM: BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
HUDUD MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR MUZEY FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
8-SON MAKTABDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TADBIRKORLAR FAOLIYATI BILAN TANISHIB, MUAMMOLARNI O‘RGANDI
янв.21
Urganch shahrida issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi PF-209-son Farmoni bilan tasdiqlangan mahalla raisining asosiy vazifalari ijrosi doirasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi PF-209-son Farmoni bilan tasdiqlangan mahalla raisining asosiy vazifalari ijrosi doirasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining 18-Turkiston saylov okrugi deputati Jamanchaeva Sersengul Kenjabekovna hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan Xo‘lbor MFYda mahalla raisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada obodonlashtirish ishlari, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari, shuningdek, aholining hasharlarda faol ishtiroki holati tahlil qilindi.

Shu bilan birga, mahallada milliy qadriyatlar va urf-odatlarni targ‘ib qilish, to‘y-marosimlarni ixcham va ortiqcha isrofgarchiliksiz o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, aholi muammolarini hal etishda davlat organlari vakillarini jalb etish amaliyoti, shuningdek, mahalla “yettligi” — hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, soliq inspektori hamda ijtimoiy xodimlar faoliyati ham o‘rganildi.

Bundan tashqari, mahalla hududida ta’lim muassasalari, tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi, sport inshootlari, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida qonunchilik talablariga rioya etilishi ham jamoatchilik nazorati nuqtai nazaridan tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda Farmon talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 3