Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Daraxtlar taqdiri – e’tiborda! “Qirg‘izyop kanali” bo‘yidagi yashil hudud muhofazasi deputatlar nazoratida
янв.21
MEHR-MURUVVAT VA SAXOVAT — DEPUTAT FAOLIYATINING BOSH MEZONI
янв.21
EHTIYOJMAND OILALAR DOIMIY E’TIBORDA: BAYRAM ARAFASIDAGI SAXOVAT TADBIRI
янв.21
URGANCH SHAHRIDA 35-SONLI MTT REKONSTRUKSIYASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
URGANCH SHAHRIDAGI 14-SON SHIMOLIY G’ARBIY QOZONXONASI VA ISSIQLIK TARMOQLARI REKONSTRUKSIYASI O’RGANILDI
янв.21
KELAJAK SARI DADIL QADAM: BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
HUDUD MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR MUZEY FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
8-SON MAKTABDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TADBIRKORLAR FAOLIYATI BILAN TANISHIB, MUAMMOLARNI O‘RGANDI
📌 Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida hududda kambag‘allikni qisqartirish, aholi turmush farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tegishli idora va tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, bu boradagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Komissiya Nizomiga muvofiq hududlarda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan dasturlar ijrosini o‘rganish, maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilishini nazorat qilish hamda aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yig‘ilishda 2026-yil uchun Komissiyaning ish rejasi ham ishlab chiqilib, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha komissiya qarori asosida tasdiqlandi.

Yig‘ilishda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida:

▪️ aholi bandligini ta’minlash

▪️ oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish

▪️ kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish

▪️ ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

Shuningdek, komissiya tomonidan hududlarda kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, joylarga chiqib o‘rganishlar o‘tkazish hamda bu boradagi faoliyatni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Mazkur komissiya faoliyati hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi farovonligini oshirish hamda amalga oshirilayotgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5