Jumladan, saylovchilar tomonidan mahalla hududida joylashgan 38-OP filiali ta’miri tugamay qolganligi, natijasida fuqarolar 8 km yo‘l bosib qo‘shni mahalladagi 38-OPga borishayotganligi, ushbu filialni ta’mirlash ishlarini davom etirish choralarini ko‘rish va yakuniga yetkazilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasiga “Deputatlik so‘rovi” yuborilgandi.
Tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan “Deputatlik so‘rovi” berilgan javob xatida 38-OP filiali ta’mirlash ishlari boshlanganligi bildiriligi bois deputat E.Ergashev ta’mirlash ishlari jarayon bilan borib tanishdi.