Shu munosabat bilan Mirzacho‘l tuman Kengashi tomonidan Do‘stlik mahallasida joylashgan 1-son texnikumda yoshlar bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari, shuningdek, bilim va hunar orqali hayotda o‘z o‘rnini topish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Samimiy muloqot jarayonida yoshlar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarilib, ularning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.
Tadbir yakunida texnikum o‘quvchisi, ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Omonova Mavlyuda erishgan yutug‘i bilan tabriklandi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqalari o‘tkazilib, faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.