O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, belgilangan talablarga muvofiqligi hamda obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, maktab hududida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.