Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati – Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasida
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
Tashrif davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar ko‘zdan kechirildi:
🔹 Mahalla binosini yangidan qurish loyihasi
🔹 6 ta transformator punkti o‘rnatish hamda 4 km elektr tarmog‘ini tortish ishlari
🔹 2,2 km piyodalar yo‘lakchasi qurilishi
🔹 100 dona tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish masalasi
🔹 Chiroqchi–Langar avtomobil yo‘li bo‘yida “yo‘l bo‘yi” xizmat ko‘rsatish loyihalarini joylashtirish
🔹 Aholi bandligini ta’minlash va yashirin ish o‘rinlarini legallashtirish ishlari
📊 Maqsad – Chambil mahallasini infratuzilmasi rivojlangan, tadbirkorlik va bandlik yuqori bo‘lgan namunali hududga aylantirish.