Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAISHIY CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ ISHLAR TAHLIL ETILDI
янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Ulug‘bek MFYda deputatlik nazorati: muammolar o‘rganildi, amaliy choralar belgilandi

 Ulug‘bek MFYda deputatlik nazorati: muammolar o‘rganildi, amaliy choralar
belgilandi 

🔹 Ulug‘bek
MFY hududida tuman
Kengashi deputatlari Shuxratjon Rahimov, Ozodaxon Dadajonova va Qaxramon Makarovlar tomonidan navbatdagi deputatlik nazorati
tadbiri o‘tkazildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi manfaatlarini himoya
qilish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga joyida yechim topish hamda hududda
qonun ustuvorligini ta’minlashdan iborat bo‘ldi. 

🔹 Nazorat doirasida mahallada faoliyat yuritayotgan savdo do‘konida aholiga
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati atroflicha o‘rganildi. Xususan, mahsulotlar assortimenti,
yaroqlilik muddatlari, narx-navolarning asosliligi, sanitariya-gigiena talablariga
rioya etilishi hamda iste’molchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar tahlil qilindi.
Tadbirkor bilan ochiq va konstruktiv muloqot o‘tkazilib, faoliyatni yanada takomillashtirish,
xizmatlar sifatini oshirish hamda qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan
aniq tavsiyalar berildi. 

🔹 Shuningdek, Kengashning 2025 yil 25 avgustdagi VII-11-82-11-163-K/25-sonli
qarori ijrosi doirasida mahalla aholisini qiynab kelayotgan ichimlik suvi muammosi
ham joyida o‘rganildi. Fuqarolar murojaatlari asosida olib borilayotgan yangi suv
tarmog‘ini tortish ishlarining borishi, sifati va muddatlari tanqidiy tahlil qilindi. 

🔹 O‘rganishlar natijasida mas’ullarga aniq
topshiriqlar berilib, ishlarni tezlashtirish va sifatli amalga oshirish bo‘yicha
qat’iy vazifalar belgilandi. Deputatlik nazorati — bu faqat tekshiruv emas, balki
aholi dardini eshitish, muammoni joyida hal etish va hudud taraqqiyotini ta’minlashga
qaratilgan amaliy mexanizm ekani yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. 

Telegram | Facebook | YouTube  

Slide 1 of 5