Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT MAKTABDA: ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlar holati o‘rganildi
янв.21
MAISHIY CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ ISHLAR TAHLIL ETILDI
янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Andijon shahar prokuraturasi tomonidan shaharda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularning omillarini bartaraf etish yuzasidan 2025 yilning 12 oyi davomida ko‘rilgan choralar haqida axborot berildi.

Andijon shahar adliya bo‘limining 2025 yildavomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot tinglandi.

Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan 2025 yilning 12 oyi davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi PQ-402-son qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Andijon shahar bo‘limining 2025 yil bo’yicha hisoboti eshitildi.

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi bo‘yicha “Nuroniy” jamg‘armasi Andijon shahar bo‘limi tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlar bilan ishlash jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan muddat buzilish holatlari yuzasidan ma’lumot taqdim etilib, yuqoridagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan muhokama qilinib ovoz berish yo’li bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 10