Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT MAKTABDA: ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlar holati o‘rganildi
янв.21
MAISHIY CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ ISHLAR TAHLIL ETILDI
янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
Deputatlik faoliyati

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashiga 1–“Oqoltin” saylov okrugidan saylangan deputati D.Choriyeva tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun tasdiqlangan saylovchilar bilan uchrashuvlar JADVALIga asosan tumandagi “Muzrabot darvoza” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Yig‘ilish avvalida ishtirokchilarga hozirgi kunda davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar imtiyozlar, imkoniyatlar, qabul qilingan qonun xujjatlarining mazmun-mohiyati va prezidentimiz tomonidan sohaviy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlar haqida, davlat rahbarimizning chet el mamlakatlariga qilgan tashriflari maqsadlari to‘g‘risida tushuntirib, ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida mahalla fuqarolari tomonidan hududda mavjud dolzarb muammolar ko‘tarilib, jumladan, ichki ko‘chalarni asfaltlash hamda katta boshqa masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan deputat tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, mas’ul korxona va tashkilotlarga deputatlik so‘rovnoma yuborish bo‘yicha kelishib olindi. Ko‘tarilgan masalalar deputat tomonidan nazoratiga olindi.

Shuningdek, yig‘ilish kun tartibidagi masalalar, ya’ni hozirda davlatimizda jiddiy muammolarga aylanib borayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish va Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish to‘g‘risida ham so‘z yuritildi. Bu bo‘yicha deputat uchrashuv qatnashchilariga muhim ma’lumotlarni o‘tdi.

Jumladan,

Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.

Ayni paytda viruslar orqali amalga oshirilayotgan kiberhujumlar juda xatarli tus olmoqda. Tarqatilayotgan viruslarning aksariyati bank xizmatlarini ko‘rsatadigan jahon axborot tarmog‘ini zaiflashtirish orqali, u yerdan moliyaviy ma’lumotlarni o‘g‘irlashni ko‘zlaydi.

Mutaxassislarning fikricha, agar har bir internet foydalanuvchisi va xizmat ko‘rsatuvchilar kiber olamda ham hayotdagi kabi ehtiyotkorlikni unutmasalar, aksariyat kiber jinoyatlarning oldi olingan bo‘lar edi.

Yig‘ilish davomida aytib o‘tilganlardan xulosa qilingan xolda aholi va har bir fuqaro o‘z xavfsizligiga e’tiborli bo‘lish kerakligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6