Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Deputat - ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar xolidan xabar oldi.
Sessiya ishida 2025-yil yakunlari sarhisob qilindi

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi Bo‘ka tumani hokimligining katta majlislar zalida o‘tkazildi. Sessiyada tuman hokimi S.Isakulov ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibiga muhim va dolzarb masalalar kiritildi. Jumladan:

🔸 Bo‘ka tumani prokuraturasi tomonidan 2025-yilda tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar;

🔸 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi Xalq qabulxonasining 2025-yil davomida aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati;

🔸 Bo‘ka tumani Adliya bo‘limi tomonidan norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha 2025-yil davomida olib borilgan ishlar;

🔸 Bo‘ka tumani IIB boshlig‘ining 2025-yil davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika ishlari holati;

🔸 Bo‘ka tumani Yoshlar ishlari bo‘limining 2025-yilda amalga oshirgan ishlar;

🔸 Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi va uning doimiy komissiyalarining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash masalasi.

Sessiyada kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullar axborotlari tinglanib, muhokamalar o‘tkazildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 7