Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAISHIY CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ ISHLAR TAHLIL ETILDI
янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati N. Hasanova Charogʻon mahalla hududida joylashgan 23-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini o‘rgandi. Oʻrganishda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulay va xavfsiz muhit, o‘quv xonalari hamda o‘yin maydonlarining holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, bolalarning intellektual, jismoniy va ma’naviy rivojini ta’minlashga qaratilgan ishlar yuzasidan muassasa rahbariyati va pedagog xodimlar bilan suhbatlashildi.

Uchrashuv davomida ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4