Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Deputat - ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar xolidan xabar oldi.
Sayyor qabullarda muammolarga joyida yechim topilmoqda

Sayyor qabullarda tuman bo‘lim va tashkilotlari rahbarlari, mutasaddi mas’ullar hamda mahalla aholisi ishtirok etdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvlarda fuqarolarning ijtimoiy, infratuzilmaviy va bandlik bilan bog‘liq muammolari tinglandi.

🔹 Jayxun MFYda ichki yo‘llarni ta’mirlash, yo‘l belgilarini o‘rnatish, elektr ta’minotini yaxshilash, sport maydonchasi qurish, oliy ta’lim shartnoma to‘lovlariga ko‘maklashish hamda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

🔹 Boyovul MFYdagi sayyor qabulda tuman IIB boshlig‘i Timur Doshumbayev ham ishtirok etdi. Unda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, davolanish uchun moddiy yordam, ishga joylashish, kredit ajratish, uy-joy ta’miri va harbiy xizmat bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.

📌 Tuman hokimi tomonidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolgan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabullar aholi bilan yuzma-yuz muloqotni kuchaytirish, muammolarga amaliy yechim topish hamda fuqarolar ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Slide 1 of 7