Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Deputat - ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar xolidan xabar oldi.
Aholini ro‘yxatga olishda joylarda tizimli ishlar va deputatlarning faol ishtiroki

Aholini ro‘yxatga olishda joylarda tizimli ishlar va deputatlarning faol ishtiroki

Ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuqori sur’atlarda davom etmoqda. Ushbu muhim davlat tadbirining samarali va belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida joylarda zarur tashkiliy hamda amaliy choralar ko‘rilmoqda. Xususan, aholining ro‘yxatga olish jarayoniga bo‘lgan tushunchasini oshirish, uning ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish yo‘nalishida muntazam targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va jarayon davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish maqsadida mahalla yettiligi tomonidan manzilli yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirishda amaliy ko‘mak berilmoqda, shuningdek, keksalar, nogironligi bo‘lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, hududdan saylangan xalq deputatlari ham aholini ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok etib, mahalla yettiligi bilan hamkorlikda samarali ishlarni amalga oshirmoqda. Deputatlar aholi bilan joylarda bevosita muloqot o‘rnatib, ularning murojaat va takliflarini tinglamoqda, aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga takliflar kiritmoqda. Bu esa aholini ro‘yxatga olish jarayonining ochiq, izchil va samarali o‘tishiga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7