Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
4-IYUN - BUTUN JAXON XALQARO TAJAVUZ QURBONI BO'LGAN BEGUNOH BOLALAR KUNI
янв.21
KUN TARTIBIGA TAKLIF TAYYORLANDI
янв.21
"KAMBAG'ALLIKDAN FAROVONLIK SARI" DASTURI AMALDA
янв.21
HUDUDLARDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MANZILLI DASTUR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI: FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA KO‘CHALARNI TA’MIRLASH CHORALARI KO‘RILMOQDA
янв.21
3-IYUN BUTUN JAHON VELOSIPEDLAR KUNI
янв.21
URGANCH SHAHRIDA NAVBATDAGI OCHIQ ZOVUR YOPIQ DRENAJ TIZIMIGA AYLANTIRILADI
янв.21
YANGIOBOD MAHALLASIDA DRAYVER LOYIHA: NAVBATDAGI OCHIQ ZOVURNI YOPIQ DRENAJGA AYLANTIRISH CHORALARI KO‘RILMOQDA
янв.21
JAMBUL MAHALLASIDAGI LOYIHA IJROSI NAZORATGA OLINDI: ISHLAR JADALLASHTIRILMOQDA
Prezident Murojaatnomasi va O‘zbekiston-2030 strategiyasining yangi tahriri Sho‘rchilik deputatlar va nuroniylar e’tiborida

         Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari O‘rol Chutboyev rahbarligida hamkor tashkilotlar, deputatlar, “Keksalar maslahati” guruhi a’zolari, imom-xatiblar, “Buvijonlar maktabi” a’zolari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi. 

       O‘quv seminarida Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalar, harbiy xavfsizlikni mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari, 2024-yil 25-noyabrda qabul qilingan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga
faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ–405-sonli qaror, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 892-sonli qarori hamda 2023-yil 11-martdagi PQ–92-sonli qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. 

       Shuningdek, “Nuroniylar har bir oilaga mas’ul” loyihasi doirasida muammoli oilalarni o‘rganish, “Mahalla yettiligi” a’zolarining Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni aholiga yetkazish bo‘yicha amalga oshiradigan vazifalari belgilab olindi. “Yurt obodligi va tinchlik-xotirjamlik mahalladan boshlanadi” g‘oyasini ilgari surgan holda taniqli olimlar, ijodkorlar, yoshlar vakillari, harbiy xizmatchilar hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari ishtirokida mahallalarda targ‘ibot uchrashuvlarini tashkil etish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

       Seminar yakunida yuqorida belgilangan topshiriqlar asosida 2026-yilga mo‘ljallangan reja-tadbirlar ishlab chiqilib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.  

Slide 1 of 1