Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAISHIY CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ ISHLAR TAHLIL ETILDI
янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Chinoz tumanida “Fermerlar kuni” munosabati bilan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi

“Fermerlar kuni” munosabati bilan Chinoz tumanida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi Sh.Salixov, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi D.Teshaboyev, a'zolari Sh.Botirov, A.Sadirov, X.Arabbayev hamda  tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi rahbarlari, sohaga aloqador boshqa tashkilotlar mutasaddilari, barcha yo‘nalishlardagi fermer xo‘jaliklari hamda klaster korxonalari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida 2026-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish jarayonlarini yakunlash, ekilgan maydonlarda sug‘orish ishlarini tashkil etish hamda zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kuzgi shudgorlash ishlarining borishi yuzasidan ham tegishli ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, bog‘ qator oralari bo‘yicha agrotexnik tadbirlarni bajarish, to‘qsonbosi ekinlarini ekish ishlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida dala chetlariga mevali va manzarali ko‘chat ekish ishlarini jadallik bilan yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar va topshiriqlar berildi.

Mazkur yig‘ilish tuman qishloq xo‘jaligi sohasida 2026-yil hosildorligini yuqori darajada ta’minlash, fermerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ekologik barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 3