Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAISHIY CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ ISHLAR TAHLIL ETILDI
янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
CHINOZ TUMANI. Deputatlar Qonun ijrosini o‘rganishdi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari Asqar Baxramov hamda Mirsoat Mirsodiqov tuman markazidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi №O‘RQ-371-son Qonunning ijrosi hamda hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, ayniqsa “qizil” va “sariq” hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganishdi.

O‘rganish jarayonida huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalariga kiruvchi yo‘nalishlarni amalga oshirilishi holati, bu borada tuman Ichki ishlar bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, mahalla fuqarolar yig‘inlari va boshqa vakolatga ega bo‘lgan tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Jumladan, mahalla hududida profilaktik ishlarning samaradorligi, fuqarolar bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari, nazorat tadbirlari hamda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida yig‘ilish o‘tkazilib, jinoyatchilikni kamaytirish, mahalladagi xavfsizlikni ta’minlash va profilaktika ishlarini kuchaytirishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4