Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Deputat - ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar xolidan xabar oldi.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH YUZASIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR O‘RGANILDI.

O‘rganish jarayonida fuqarolarning ehtiyojlari, ularning daromad manbalarini kengaytirish, bandligini ta’minlash hamda iqtisodiy faolligini oshirishga oid takliflari tinglandi. Shuningdek, mahalla hududida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasb-hunar o‘qitish imkoniyatlari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ajratilayotgan subsidiya va imtiyozli kreditlar ulashish jarayonlari bo‘yicha mas’ul tashkilot va xizmatlar rahbarlaridan tegishli ma’lumotlar olindi.

Mazkur o‘rganishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirildi. Qarorda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, daromad manbalarini ko‘paytirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining samaradorligini baholashga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni hal etish, aholi ehtiyojlariga mos manzilli yordamlarni kengaytirish va mahallada iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3