Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Deputat - ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar xolidan xabar oldi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Avlodlarga munosib voris bo‘laylik!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari – sarhisob

 🔹Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i S.Akbarov o‘z hisobotida: “mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi”ning hududlar bo‘yicha qoldiq mablag‘laridan maqsadli foydalanilayapti. Mahalla fuqarolar yig‘inlarining maxsus hisob raqamlaridagi mavjud mablag‘lar harakati maqsadli, manzilli va belgilangan tartibda to‘g‘ri yo‘naltirilayapti. Bir so‘z bilan aytganda, mahalla infratuzilmasini yaxshilashga ishlatiladi, ya’ni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish va boshqa tadbirlar uchun mahalla fuqarolar yig‘ini kengashi qarori asosida foydalaniladi, albatta. Shu kunga qadar mablag‘lar ichki yo‘llar, piyodalar yo‘lakchalari, yoritish tizimi, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqava suv tizimi, sport maydoni, nuroniylar choyxonasi, yoshlar markazi, bolalar maydonchasini qurish va mukammal ta’mirlashga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘maklashish, ularning turar joylarini ta’mirlash uchun sarflanmoqda”,-deya ta’kidladi. 

🔹Doimiy komissiya raisi M.Dexqonov va a’zolari G‘.Abdullayev, B.Muqimov va L.Usmonov “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi”dan maqsadli foydalanish borasida xalq deputatalari tuman Kengashi deputatlari o‘z okrugi hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari “yettiligi” bilan birgalikda mablag‘larning
to‘g‘ri yo‘naltirilishi buyicha hamkorlik qilishi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi. 

🔹Doimiy komissiya yig‘ilishi yakunida mablag‘lardan mahalla infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida foydalanish, mablag‘larni markazlashgan holda ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik, bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi rahbarinining hisobotlarini doimiy komissiyada eshitib borish, mahallalar kesimida aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan ishlab chiqiladigan yangi manzilli dasturlarni tegishli doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqib, tuman Kengashiga taqdim etgan holda sessiya qarori bilan ijroga yo‘naltirib borishga kelishib olindi. 

                                                                                                            Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati 

   

Slide 1 of 1