Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Deputat - ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar xolidan xabar oldi.
“Ayollar qanoti” faollari tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

“Ayollar qanoti” faollari tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O’zLiDeP Termiz tumani Kengashi deputati, tadbirkor, “Ishbilarmon ayol – 2023” ko‘rik-tanlovi nominatsiyasi g‘olibi va faol ishtirokchisi Tursunoy Berdiyarova boshchiligida “Ayollar qanoti” faollari tomonidan muhim uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, unda belgilangan ustuvor vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish va ayollar faolligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Taraqqiyot strategiyasining ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘rni, xususan:

xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish,

ularni o‘z biznesini tashkil etishda qo‘llab-quvvatlash,

oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish,

yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash,

ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga amaliy yordam ko‘rsatish

masalalari yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Deputat Tursunoy Berdiyarova o‘z nutqida ayollar faolligi va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlash bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, “Ayollar qanoti” a’zolari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan ishlar, ayollar bandligini oshirishga qaratilgan loyihalar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga Taraqqiyot strategiyasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi hamda mazkur yo‘nalishdagi faoliyatda “Ayollar qanoti”ning o‘rni va mas’uliyati alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 2