Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MEHR-MURUVVAT VA SAXOVAT — DEPUTAT FAOLIYATINING BOSH MEZONI
янв.21
EHTIYOJMAND OILALAR DOIMIY E’TIBORDA: BAYRAM ARAFASIDAGI SAXOVAT TADBIRI
янв.21
URGANCH SHAHRIDA 35-SONLI MTT REKONSTRUKSIYASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
URGANCH SHAHRIDAGI 14-SON SHIMOLIY G’ARBIY QOZONXONASI VA ISSIQLIK TARMOQLARI REKONSTRUKSIYASI O’RGANILDI
янв.21
KELAJAK SARI DADIL QADAM: BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
HUDUD MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR MUZEY FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
8-SON MAKTABDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TADBIRKORLAR FAOLIYATI BILAN TANISHIB, MUAMMOLARNI O‘RGANDI
янв.21
Urganch shahrida issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda
Tibbiyot muassasalaridagi bunyodkorlik ishlari deputatlar nazoratida

 Tibbiyot muassasalaridagi bunyodkorlik ishlari deputatlar nazoratida 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2024 yil 24 dekabrdagi PQ-454-son qarori asosida Quva tumanida tibbiyot infratuzilmasini
rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda.
 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
deputatlari tuman tibbiyot birlashmasi markaziy kasalxonasi hududida barpo etilayotgan
yangi qo‘shimcha binoda olib borilayotgan qurilishda navbatdagi o‘rganish ishlarini
olib bordilar. Loyiha qiymati 16 milliard 502 million 168 ming 407 so‘mni tashkil
etib, u 90 o‘rinli terapiya, 60 o‘rinli pediatriya, shuningdek, qon quyish va laboratoriya
bo‘limlarini o‘z ichiga oladi.
 

O‘rganish jarayonida “Farg‘ona
bunyodkor qurilish” MChJ tomonidan qurilish ishlari belgilangan rejaga muvofiq amalga
oshirilmoqda. Xozirgi kunda binoning xar uchta qavatida suvoq, plita bosish, pardozlash
hamda tom qismini yopish ishlari olib borilmoqda.
 

Ishchilar bilan suhbat davomida
ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani, ish haqlari o‘z vaqtida to‘lanib
kelayotgani ta’kidlandi.
 

Loyiha to‘liq yakunlangach, Quva
tumani aholisi zamonaviy sharoitda tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Bu esa tibbiyot sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishi
shubhasiz.
  

Slide 1 of 9