Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MEHR-MURUVVAT VA SAXOVAT — DEPUTAT FAOLIYATINING BOSH MEZONI
янв.21
EHTIYOJMAND OILALAR DOIMIY E’TIBORDA: BAYRAM ARAFASIDAGI SAXOVAT TADBIRI
янв.21
URGANCH SHAHRIDA 35-SONLI MTT REKONSTRUKSIYASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
URGANCH SHAHRIDAGI 14-SON SHIMOLIY G’ARBIY QOZONXONASI VA ISSIQLIK TARMOQLARI REKONSTRUKSIYASI O’RGANILDI
янв.21
KELAJAK SARI DADIL QADAM: BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
HUDUD MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR MUZEY FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
8-SON MAKTABDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TADBIRKORLAR FAOLIYATI BILAN TANISHIB, MUAMMOLARNI O‘RGANDI
янв.21
Urganch shahrida issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda
Quva tumanida tibbiy xizmat sifatini oshirish yo‘lida: Gulobod mahallasidagi 2-son oilaviy poliklinikada qurilish va ta’mirlash ishlari o‘rganildi

 Quva tumanida tibbiy xizmat sifatini oshirish yo‘lida: Gulobod mahallasidagi 2-son oilaviy
poliklinikada qurilish va ta’mirlash ishlari o‘rganildi
 

Quva tumanida aholi salomatligini
mustahkamlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda soha infratuzilmasini
zamon talablariga mos ravishda yangilash borasida izchil ishlarni amalga oshirilishi
davom etmoqda.
 

Shu maqsadda Xalq deputatlari
Quva tuman Kengashi deputatlari tomonidan Gulobod mahallasida joylashgan 2-son oilaviy
poliklinikada olib borilayotgan ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.
 

Mazkur tibbiyot maskanidagi ishlar
davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “dolzarb 90 kunlik”
loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun davlat byudjeti
hisobidan 1,2 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, qurilish-ta’mirlash ishlari
“SAMO KO‘RKI” MChJ pudratchi tashkiloti tomonidan bajarilmoqda.
 

O‘rganish jarayonida binoda olib
borilayotgan pardozlash, injenerlik kommunikatsiyalari va fasad ishlarining holati
atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, deputatlar tomonidan ayrim kamchiliklar
qayd etildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha pudratchi tashkilot mutasaddisiga
tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
 

Deputatlar ta’kidlaganidek, loyihaning
o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi aholi uchun qulay sharoit yaratish, tibbiy
xizmat ko‘lamini kengaytirish hamda sohaga bo‘lgan ishonchni oshirishga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 7