Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Daraxtlar taqdiri – e’tiborda! “Qirg‘izyop kanali” bo‘yidagi yashil hudud muhofazasi deputatlar nazoratida
янв.21
MEHR-MURUVVAT VA SAXOVAT — DEPUTAT FAOLIYATINING BOSH MEZONI
янв.21
EHTIYOJMAND OILALAR DOIMIY E’TIBORDA: BAYRAM ARAFASIDAGI SAXOVAT TADBIRI
янв.21
URGANCH SHAHRIDA 35-SONLI MTT REKONSTRUKSIYASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
URGANCH SHAHRIDAGI 14-SON SHIMOLIY G’ARBIY QOZONXONASI VA ISSIQLIK TARMOQLARI REKONSTRUKSIYASI O’RGANILDI
янв.21
KELAJAK SARI DADIL QADAM: BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
HUDUD MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR MUZEY FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
8-SON MAKTABDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TADBIRKORLAR FAOLIYATI BILAN TANISHIB, MUAMMOLARNI O‘RGANDI
Deputatlar terimchilar mehnatini qadrladilar

 Deputatlar terimchilar mehnatini qadrladilar 

Quva tumanida joriy yilgi paxta terimi qizg‘in pallaga kirgan. 

Hozirgi kunda tumandagi 5000 gektar
maydondan belgilangan 21 900 tonna hosil rejasining 12 357 tonnasi terib olindi.
Bu umumiy rejaning 56,4 foizini tashkil etadi.
 

Terim jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash
va fidokor mehnatkashlarni rag‘batlantirish maqsadida paxta maydonlariga xalq deputatlri
Quva tuman kengashi deputatlari amaliy tashrif uyushtirdilar.
 

Deputatlar hususan, Oqqo‘rg‘on
MMTP hududidagi “Sardorbek Samoilbek” fermer xo‘jaligi hamda Dehqonobod MMTP hududidagi
“Ishonch zamini” fermer xo‘jaligida bo‘lib, terim jarayoni bilan tanishdilar.
 

Mehnatda faolligi va mas’uliyati
bilan ajralib turgan namunali terimchilar alohida e’tirof etildi. Deputatlar ularning
samarali mehnatini qadrlab, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
 

Terimchilar bunday e’tibor va rag‘batdan
mamnun ekanliklarini bildirib, yanada jonbozlik bilan ish olib borishga tayyor ekanliklarini
ta’kidladilar. Shuningdek, deputatlar tomonidan terim jarayonini tez va sifatli
tashkil etish, terimchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha fermer xo‘jaligi
rahbarlariga tavsiyalar berdilar.
  

Slide 1 of 4