Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Daraxtlar taqdiri – e’tiborda! “Qirg‘izyop kanali” bo‘yidagi yashil hudud muhofazasi deputatlar nazoratida
янв.21
MEHR-MURUVVAT VA SAXOVAT — DEPUTAT FAOLIYATINING BOSH MEZONI
янв.21
EHTIYOJMAND OILALAR DOIMIY E’TIBORDA: BAYRAM ARAFASIDAGI SAXOVAT TADBIRI
янв.21
URGANCH SHAHRIDA 35-SONLI MTT REKONSTRUKSIYASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
URGANCH SHAHRIDAGI 14-SON SHIMOLIY G’ARBIY QOZONXONASI VA ISSIQLIK TARMOQLARI REKONSTRUKSIYASI O’RGANILDI
янв.21
KELAJAK SARI DADIL QADAM: BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
HUDUD MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR MUZEY FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
8-SON MAKTABDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TADBIRKORLAR FAOLIYATI BILAN TANISHIB, MUAMMOLARNI O‘RGANDI
Tumanda ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish ishlari deputatlar nazoratida

 Tumanda ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish ishlari deputatlar nazoratida 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati R.Nodirov O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025-2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasining
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-454-son Qarori ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish
ishlarini davom ettirmoqda.
 

Shu maqsadda deputatlar Sanoatchilar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan
120 o‘ringa mo‘ljallangan 26-son maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilish jarayoni
bilan tanishdilar. Mazkur ob’ektda qurilish ishlari "BAHRIDIN SHODI
GUZARI" xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
 

Qurilish ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida xalq deputatlari
tuman Kengashi deputati ob’ektda bo‘lib, qurilishning borishi, ish sifati hamda
belgilangan muddatlarga rioya etilishi holatlarini o‘rgandi.
 

Hozirgi kunda ob’ektda qurilish ishlari izchillik bilan davom etmoqda. Binoning
birinchi qavatida suvoq ishlari tugallanib, pardozlash jarayonlari olib borilmoqda.
 

Ikkinchi qavatida esa ichki qismlarni suvoqlash ishlari amalga oshirilmoqda.  

Slide 1 of 5