Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Daraxtlar taqdiri – e’tiborda! “Qirg‘izyop kanali” bo‘yidagi yashil hudud muhofazasi deputatlar nazoratida
янв.21
MEHR-MURUVVAT VA SAXOVAT — DEPUTAT FAOLIYATINING BOSH MEZONI
янв.21
EHTIYOJMAND OILALAR DOIMIY E’TIBORDA: BAYRAM ARAFASIDAGI SAXOVAT TADBIRI
янв.21
URGANCH SHAHRIDA 35-SONLI MTT REKONSTRUKSIYASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
URGANCH SHAHRIDAGI 14-SON SHIMOLIY G’ARBIY QOZONXONASI VA ISSIQLIK TARMOQLARI REKONSTRUKSIYASI O’RGANILDI
янв.21
KELAJAK SARI DADIL QADAM: BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
HUDUD MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR MUZEY FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
8-SON MAKTABDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TADBIRKORLAR FAOLIYATI BILAN TANISHIB, MUAMMOLARNI O‘RGANDI
Deputat “Kambagallikdan farovonlik sari — xalq farovonligi yo‘lidagi amaliy dastur”

  Yurtimizda aholining turmush darajasini oshirish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni iqtisodiy faollikka jalb etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan “Kambagallikdan farovonlik sari” dasturi bu boradagi eng muhim amaliy qadamlardan biri hisoblanadi. Shu dastur doirasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati I.Jurayev kambag‘al oilalar bilan yaqin muloqotda bo‘ldi, Ularning ehtiyoj va muammolarini o‘rganish hamda yechim topish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Katta polvon va Oxunboboyev mahallalaridagi fuqarolar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoya choralarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Dasturning asosiy maqsadi — aholining mehnatga layoqatli qatlamini faol hayot tarziga jalb etish, ular uchun daromad manbaini yaratish va shu orqali oilalar farovonligini ta’minlashdir. Shu maqsadda tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini kasb-hunarga o‘qitish, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida xamkor tashkilotlar qatori, deputatlar xam amaliy chora-tadbirlar ko‘rmoqdalar. 

.  

Slide 1 of 5