Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UCHRASHUV-MUAMMO VA NATIJA UCHUN HARAKAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI - FUQAROLAR MUROJAATLARI UCHUN QONUNIY YECHIM
янв.21
URGANCH SHAHAR MARKAZIY DEHQON BOZORIDA MAHSULOTLAR SIFATI VA NARX-NAVO BARQARORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO'LIB O'TDI
янв.21
MUROJAAT VA MUNOSABAT
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI – DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
URGANCH SHAHRIDA ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH DASTURIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITILMOQDA
янв.21
BOLALAR SALOMATLIGI — DOIMIY NAZORATDA: URGANCH SHAHRIDA YANGI TIBBIY LOYIHA TASHABBUSI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI VA DEPUTAT HAMKORLIGI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
MAHALLA OSOYISHTALIGI — BOSH MEZON: DEPUTAT N.SHARIPOVA "QIZIL" VA "SARIQ" HUDUDLARDAGI VAZIYATNI O‘RGANDI
📍Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'n to'qqizinchi sessiyasi 28-oktabr kuni o‘tkaziladi

📍Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'n to'qqizinchi sessiyasi 28-oktabr kuni o‘tkaziladi 

 

⭐️ Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 24-oktabrda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, o'n to'qqizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

- viloyatda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i T.Aripovning hisoboti;

- viloyatda aholini ichimlik va oqava suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida “Samarqand suv ta’minoti” AJ direktori T.Boboyevning hisoboti;

- o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;

- Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun to‘lov miqdorini hisoblashning namunaviy mexanizmini belgilash to‘g‘risida;

- Samarqand viloyatida “Zarbdor” tajribasi asosida birinchi bosqichda ishga tushiriladigan drayver loyihalarning manzilli dasturiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda tender yakunlariga ko‘ra aniqlashtirilgan parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida;

- “Samarqand Invest kompaniyasi” AJ ustav kapitalini bosqichma-bosqich shakllantirish to‘g‘risida;

- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;

- Energetika vazirligi tomonidan amalga oshirilishi va Jahon banki tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan “O‘zbekistonda kichik gidroenergetikani rivojlantirish” loyiha konsepsiyasi to‘g‘risida;

- “Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida;

- Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzurida Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasini tuzish to‘g‘risida;

- viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida;

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1