Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Bugun, 28-may kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, mahalliy Kengashlarning deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi studiyasidan ham senatorlar, mahalliy Kengash raisi, doimiy komissiya raislari hamda tegishli boshqamalarda mas'ullar ishtirok etmoqda

Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.

Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning You Tube (https://www.youtube.com/watch?v=a3P18YC2zhI) tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

Slide 1 of 7