Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 27-mayda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, o'n uchinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
-O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Samarqand viloyati mahalliy byudjetining 2024-yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi oʻrinbosari B.Mirzayevning axboroti;
-viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Bayxurazovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-190-son hamda 2022-yil 12-iyuldagi “2022-2026-yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” PQ-316-son qarorlari ijrosi yuzasidan hisoboti;
-hududlarda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari miqdorini ma’qullash to‘g‘risida;
-viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
-viloyatda 2026-2028-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladigan loyihalarning taqdimoti to‘g‘risida;
Bulung‘ur tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida;
-Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025-yil 3-fevraldagi “2025-yilda Samarqand viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” VII-6-14-7-0-K/25-son qarorining ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
-Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2025-yil 2-maydagi “Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida” VII-12-69-7-0-K/25-son qarorining ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
-Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish (2-bosqich) loyihasi doirasida ishlab chiqilgan manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida;
-Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan Kengash tekshiruvi o‘tkazish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;
-Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash to‘g‘risida;
-boshqa masalalar.