Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Samarqandlik tadbirkorlarga yerdan foydalanish va ijara to‘lovi bo‘yicha imtiyoz berish taklif qilindi.

Samarqandlik tadbirkorlarga yerdan foydalanish va ijara to‘lovi bo‘yicha imtiyoz berish taklif qilindi.

Prezidentimiz raisligida joriy yilning 18 aprel kuni ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosi targ‘iboti bo‘yicha hududlarda seminarlar bo‘lib o‘tayapdi.

Samarqand viloyati hokimligida o‘tkazilgan seminar ham ana shu maqsadga qaratilgan. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Byudjet va iqtisodiy masaslalar qo‘mitasi raisi Sharofiddin Nazarov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Nuriddin Jabborov va Xusan Yarqulov, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiri raisi Shuxrat Negmatov va mahalliy kengash kotibiyati mudurlari, ularning doimiy komissiya raislari, OAVlari va tegishili mutassasaddilar ishtirok etmoqdalar.

Bugungi seminar hududlarni rivojlantirishda ularning salohiyati, imkoniyatlari, tadbirkorlik faolligi va boshqa bir qanchi omillarni hisobga olgan holda soliq mexanizmlarini qo‘llashda mahalliy Kengashlarning roli va vazifalariga doir masalalarni muxokamasiga qaratilgan.

Yangi taxrirda qabul qilingan Konstitutsiyada mahalliy vakillik organlari faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan bir qancha normalarning qabul qilinishi xalq deputatlari Kengashlaring joylardagi dolzarb masalalarni bartaraf etish, hududlar hayoti bilan bog‘liq muhim qarorlar qabul qilishdagi rolini sezilarli darajada oshdi.

Mahalliy vakillik organlari faoliyatida ham tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan choralar belgilanayotganligi hududlar rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida soliq tizimini isloh qilishga qaratilgan bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanuvchi normalar joriy etildi. Soliqlar soni 13 tadan 9 taga kamaytirildi.

 Bugungi kunda viloyatlar mahalliy Kengashlari tomonidan soliq stavkalarini tuman va shaharlar kesimida belgilashda hamda tuman va shaharlar kengashlari tomonidan har bir daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida oshiruvchi yoki kamaytiruvchi koeffisiyentlarni belgilashda aniq mezonlar ishlab chiqilmagan. 

O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Mahalliy hokimiyatlar tomonidan soliq stavkalariga oshiruvchi koeffisiyentlar joriy qilish miqdori bo‘yicha takliflar hududning byudjet xarajatlari hamda soliq chiqimi hajmidan kelib chiqib Kengashlarga taqdim etilmoqda.

Amaliyotda, Kengashlar qoshidagi tegishli komissiyalar tomonidan, viloyatning aloqador bo‘lgan tashkilotlar tomonidan chuqur iqtisodiy tahlillar o‘tkazilmaganligi yoki ushbu maslalaga yuzaki yondashilganligi sababli oshiruvchi yoki pasaytiruvchi koeffisiyentlar asossiz ravishda qo‘llanilmoqda. Bu o‘z navbatida kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’yektlarining xarajatlari oshib ketishiga olib keladi. Masalan, ko‘chmas mulk ijarasi bo‘yicha eng kam stavkaning ikki baravarga oshirilishi holatida to‘lanadigan soliq miqdori ko‘tariladi, bu esa tadbirkorning xarajatlarini oshiradi va oladigan foydasini kamaytiradi. 

Seminarda Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalariga yer solig‘i va ijara to‘lovlari uchun belgilangan minimal qiymatlarga oshiruvchi koeffisiyentlarni belgilashda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasidagi farqlanishini inobatga olish, sarmoya jalb etilmagan yoki infratuzilmasi rivojlanmagan hududlarda tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Muxtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev qayd etganidek, “tushumni ko‘paytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan bo‘lmasligi kerak”. Aynan tadbirkorga imkon berib, soliq bazasini kengaytirish orqali daromadni ko‘paytirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiy barqaraorlikka erishish mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samarali bo‘lishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9