Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash raisi va yoshlar uchrashuvi

Hokim va yoshlar uchrashuvi 

Angor tumani markazidagi amfiteatrida "Kengash raisi va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.

Unda tumanda turli sohalarda muvaffaqiyat qozonayotgan, o‘qishda, sportda, san’at va boshqa yo‘nalishlarda yutuqlarga erishgan yoshlar o‘z tashabbuslari va g‘oyalari bilan ishtirok etdilar.

Angor tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Qosim Mardonov va 18-Yangiturmush saylov okrugi deputati S.Yuldashova yoshlarning erishgan yutuqlarini e’tirof etib, ularni yanada qo‘llab-quvvatlash, yangi imkoniyatlar yaratish borasida fikr bildirdi. Shuningdek, yoshlarning takliflari tinglanib, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Bunday uchrashuvlar iqtidorli yoshlarning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga, ularni rag‘batlantirish va tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6