35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Yoshlik mahallasining chekka hududlarida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Fazogir mahallasida xotin-qizlar muammolari o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
#Deputatlik_nazorat #19_1_Modda_ijrosi #Hamkorlik_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashining
7-Bog'ko'cha saylov okrugi deputati D.Asadullayev tomonidan “Bog'ko'cha” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 102-sonli umumtaʼlim maktabida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati hamda maktab bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga qamrab olish masalalari yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.
Oʻrganish davomida maktabning yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati, oʻquv xonalari va mavjud infratuzilmaning holati, oʻquvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, bitiruvchilarni oliy va professional taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish, ularni kasb tanlashga koʻmaklashish hamda taʼlimning keyingi bosqichiga toʻliq qamrab olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻrganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, taʼlim muassasasining yangi oʻquv yiliga tayyorgarligini yanada yaxshilash hamda bitiruvchilarning kelgusidagi taʼlim va kasbiy yoʻnalishini belgilashiga koʻmaklashish boʻyicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Sifatli taʼlim va yoshlar kelajagi — doimiy eʼtiborda va deputat nazoratida.

Slide 1 of 4