35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Musiqa va san’at maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Kutubxona-axborot markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona-axborot markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
AHOLI BILAN BEVOSITA MULOQOT
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida joylashgan Dehqonobod oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, tibbiyot muassasasining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Kutubxona axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mingbuloq mahallasida aholiga xizmat ko‘rsatish sifati va narx-navo o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasidagi yangi maktab qurilishi o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasidagi lotok qurilishi ishlari o‘rganildi
“YANGI HAYOT” MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI O‘RGANILDI

🏘 “YANGI HAYOT” MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Abdiganiev Abror Asliddin o‘g‘li hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov 17-“Matonat” saylov okrugiga qarashli “Yangi hayot” mahallasida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyatini o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning umumiy holati, hududlarni obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.

✅ Shuningdek, BSKlar faoliyatida mavjud muammolar, fuqarolarning murojaatlari va ularni bartaraf etish masalalari o‘rganildi.

⚖️ Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-581-son “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida ko‘p qavatli uylarni saqlash va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish muhim vazifalardan biridir.

🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda aholi uchun qulay sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish belgilandi.

Aholi manfaatlari — doimo e’tiborda!

Slide 1 of 3