35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Yangiobod mahallasida mas’ullar faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Namunali xonadonda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaviy ajrimlarning oldini olish – muhim ijtimoiy vazifa
янв.21
Deputat mahallada mas’ullar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Bo‘ston mahallasida bo‘ldi
янв.21
Deputatlik nazorati: gaz ta'minoti masalalari o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: yoshlar murojaatlari tinglandi
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot

🗣“Saroy” mahallasida mahalla vakillari faoliyati tahlil qilindi

⏺Mahallalarda aholining muammolarini o‘rganish, ularni manzilli hal etish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyida ko‘rib chiqish hamda mahalla faoliyatining samaradorligini oshirishda deputatlik nazoratining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi.

💬Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 3-saroy saylov okrugidan saylangan deputat O.Allaberdiyevga biriktirilgan tuman Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov “Saroy” mahallasida bo‘lib, mahalla vakillarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning ish samaradorligini tahlil qildilar.

Mahallalarda aholining muammolarini o‘rganish, ularni manzilli hal etish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyida ko‘rib chiqish hamda mahalla faoliyatining samaradorligini oshirishda deputatlik nazoratining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur nazorat-tahlil jarayoni Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi. O‘rganish davomida mazkur yo‘nalishlarda mahalla vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning holati, aholining murojaatlari bilan ishlash, mavjud ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularning yechimini ta’minlash borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.

Tahlil jarayonida shuningdek, 162 ta qonun hujjati asosida tuzilgan savolnomalar orqali mahalla vakillarining amaldagi qonunchilik va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.

Jumladan, aholining ijtimoiy himoyasi, bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, hududni obodonlashtirish, jamoatchilik bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash kabi yo‘nalishlardagi amaliy ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida tegishli tashkilotlarga yetkazish, ularning ijrosini nazorat qilish va fuqarolarga natijador yechimni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla vakillarining faoliyatini yanada takomillashtirish hamda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati — mahalladagi mavjud muammolarni joyida aniqlash, qonunchilik ijrosini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilishning muhim mexanizmidir.

Slide 1 of 2