35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Yangiobod mahallasida mas’ullar faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Namunali xonadonda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaviy ajrimlarning oldini olish – muhim ijtimoiy vazifa
янв.21
Deputat mahallada mas’ullar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Bo‘ston mahallasida bo‘ldi
янв.21
Deputatlik nazorati: gaz ta'minoti masalalari o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: yoshlar murojaatlari tinglandi
Deputatlik so‘rovi natijasi: yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna tomonidan hududdagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga 2026-yil 31-martdagi 20-ds-413-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Deputatlik so‘rovida Qatartol 1-tor ko‘chasida joylashgan 7-sonli tug‘ruqxona kompleksi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda 79 va 179-sonli maktablar qarshisida yuzaga kelayotgan tirbandliklar va transport vositalarining to‘xtab turishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, shuningdek, Qatartol 1-tor ko‘chasida sun’iy notekisliklar hamda 2-Qatartol ko‘chasidagi “Bolalar maydonchasi” qarshisida “To‘xtash taqiqlanadi” yo‘l belgilarini o‘rnatish masalalari ko‘tarilgan.

Deputatlik so‘rovi natijasida murojaatda ko‘rsatilgan hududlar Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, Qatartol 1-tor ko‘chasidagi 7-sonli tug‘ruqxona kompleksi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda 79 va 179-sonli maktablar qarshisida harakat xavfsizligini ta’minlash va tirbandliklarni kamaytirish maqsadida 3.27 — “To‘xtash taqiqlanadi” yo‘l belgilari o‘rnatildi.

Shuningdek, 2-Qatartol ko‘chasidagi “Bolalar maydonchasi” qarshisida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 3.27 — “To‘xtash taqiqlanadi” yo‘l belgilarini o‘rnatish bo‘yicha Toshkent shahar Ekspluatatsiya montaj boshqarmasiga tegishli ko‘rsatma berildi.

Natijada, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masalalar vakolatli tashkilot tomonidan o‘rganilib, hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va tirbandliklarni kamaytirishga qaratilgan tegishli amaliy choralar ko‘rildi.

Slide 1 of 3