35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Yangiobod mahallasida mas’ullar faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Namunali xonadonda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaviy ajrimlarning oldini olish – muhim ijtimoiy vazifa
янв.21
Deputat mahallada mas’ullar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Bo‘ston mahallasida bo‘ldi
янв.21
Deputatlik nazorati: gaz ta'minoti masalalari o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: yoshlar murojaatlari tinglandi
Eskirgan elektr simyog‘ochlari masalasi deputat nazoratiga olindi

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi 8-O‘zbekiston saylov okrugi deputati M.Ruziyeva tomonidan fuqarolar xavfsizligi hamda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida “O‘zbekiston” mahallasidagi So‘lim diyor hamda Jaloliddin Manguberdi ko‘chalarida joylashgan elektr simyog‘ochlarining ayrimlari ma’nan va jismonan eskirgani, xizmat muddatini o‘tab bo‘lgani aniqlandi.
⚠️ Mazkur holat, ayniqsa, shamolli kunlarda elektr ta’minotining uzilishi bilan bir qatorda, aholi hayoti va xavfsizligiga ham xavf tug‘dirishi mumkin.
Shu sababli deputat tomonidan Termiz shahar Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📌 So‘rovda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan:
🔹 “O‘zbekiston” mahallasining “So‘lim diyor” hamda “Jaloliddin Manguberdi” ko‘chalaridagi eskirgan elektr simyog‘ochlarini bosqichma-bosqich zamonaviy beton ustunlarga almashtirish;
🔹 mazkur ko‘chalardagi elektr uzatish tarmoqlari va simlarning texnik holatini qayta ko‘rib chiqish;
🔹 elektr ta’minotini xavfsiz, barqaror va uzluksiz yo‘lga qo‘yish;
🔹 amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyatiga asoslantirilgan javob taqdim etish.
📝 Deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala endilikda tegishli tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilib, amaliy choralar ko‘rilishi kutilmoqda.
Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash bilangina cheklanmaydi. Eng muhimi, aniqlangan muammo bo‘yicha amaliy yechimga erishishdir.