Oʻrganish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi hamda mahalladagi mavjud muammolar oʻrganildi.
Shuningdek, jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlarning holati koʻzdan kechirildi.
Prezident qarori ijrosini taʼminlash hamda mahallalarda mavjud muammolarni bartaraf etish ishlari deputat nazoratida.