35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Yangiobod mahallasida mas’ullar faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Namunali xonadonda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaviy ajrimlarning oldini olish – muhim ijtimoiy vazifa
янв.21
Deputat mahallada mas’ullar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Bo‘ston mahallasida bo‘ldi
янв.21
Deputatlik nazorati: gaz ta'minoti masalalari o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: yoshlar murojaatlari tinglandi
#qonun ijrosi #nazorat

Xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar, qurilish va kommunal soha masalalari boʻyicha komissiyasi aʼzosi, 12-okrug deputati Zuhra Poʻlatova, 2-okrug deputati Abdujabbor Djurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari Mukarram Neʼmatullayeva va Muhriddin Begmatovlar ishtirokida Kadastrlar palatasi shahar filialida oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganishdan maqsad — Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-937-sonli Qonuni (oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ulardagi qurilmalarga huquqlarni eʼtirof etish) ijrosining shahar miqyosidagi amaliy holatini tahlil qilishdan iborat boʻldi.

Oʻrganish davomida quyidagi masalalarga eʼtibor qaratildi:
📍Maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida, bugungi kunga qadar huquqlari eʼtirof etilgan, jarayonda turgan hamda arizasi rad etilgan obʼyektlarning holati elektron baza orqali bevosita koʻzdan kechirildi.
📍Kadastrlar palatasi rahbari Rashodxon Safaxonov hamda mas'ul xodimlarning savolnomada belgilangan bandlar, xususan, rad etish sabablari va muddatlarga rioya qilinishi yuzasidan axboroti va tushuntirishlari tinglandi.
📍Jarayonning shaffofligini taʼminlashda muhim boʻlgan shahar hokimligi, adliya boʻlimi va kadastr organlari oʻrtasidagi elektron maʼlumot almashinuvi va oʻzaro bogʻliqlik zanjiri oʻrganildi.

Deputatlar tomonidan qonun ijrosini jadallashtirish, aholining mulkiy huquqlarini taʼminlashda byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik hamda kelishuvchi idoralar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur qonun ijrosi yuzasidagi deputatlik nazorati tadbirlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 5