35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: yoshlar murojaatlari tinglandi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Namuna mahallasida barpo etilgan yangi inshootlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Namuna mahallasida yo‘l qurilishi ishlari bilan yaqindan tanishildi
янв.21
Obodonlashtirish tadbirlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov To‘rttol mahallasi Nigoh ko‘chasi 6-uyda istiqomat qiluvchi namunali xonadon egasi Raxmonov Zohidjon xonadonida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashida qonunlar ijrosini ta’minlash va aholiga yetkazish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Bobojonova Kelajak mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarning daromadini oshirish, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda davlat dasturlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
янв.21
Mahalladagi hamkorlik va o‘rganish ishlari davom etmoqda
#nazorat #o'rganish

Olmaliq shahar “Uvaysiy” mahallasi hududida chiqindilarni grafik asosida olib chiqib ketilish holati hamda hududning umumiy sanitar holati yuzasidan deputatlik nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat tadbirida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Faxriddin Matasimov hamda Kengash kotibiyati mudiri Sevar Qodirova,  bosh mutaxassisi Mukarram Nematullayeva ishtirok etdi.

O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki:
🔹Ba'zi hududlarda chiqindilarni olib chiqib ketish grafigi buzilishi holatlari kuzatilgan;
🔹Mahallaning obodonlashtirish va tozalik ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan.
⚠️ Natija: Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga qat’iy ogohlantirish berildi. Kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

“Har bir mahalla tozaligi uchun mas’ullar bevosita javobgar. Aholi uchun munosib va toza muhit yaratish — asosiy maqsadimiz,” — deya ta’kidladi deputatlar.

Slide 1 of 3