35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: yoshlar murojaatlari tinglandi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Namuna mahallasida barpo etilgan yangi inshootlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Namuna mahallasida yo‘l qurilishi ishlari bilan yaqindan tanishildi
янв.21
Obodonlashtirish tadbirlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov To‘rttol mahallasi Nigoh ko‘chasi 6-uyda istiqomat qiluvchi namunali xonadon egasi Raxmonov Zohidjon xonadonida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashida qonunlar ijrosini ta’minlash va aholiga yetkazish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Bobojonova Kelajak mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarning daromadini oshirish, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda davlat dasturlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
янв.21
Mahalladagi hamkorlik va o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Хamidov Mingchinor mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
#murojaat ijrosi

Olmaliq shahar Kengashi deputati Alisher Samadov tomonidan "Islom Karimov" mahallasida fuqarolarning hayotiy ehtiyojlari bilan bog‘liq murojaatlar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Mahalla hududida tashkil etilgan  avtoturargohni qonuniy talablar asosida xujjatlashtirish bo‘yicha aholidan kelib tushgan murojaat deputat hamda mahalla hokim yordamchisi ishtirokida bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mazkur masalani qonuniy va ijobiy hal etish maqsadida quyidagilar belgilandi:
Hududning texnik imkoniyatlari va shaharsozlik normalari tahlil qilindi;
Murojaatda ko‘tarilgan muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli ijro hokimiyati organlariga deputatlik so‘rovi yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
"Deputatlik so‘rovi" — saylovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashning muhim huquqiy vositasi bo‘lib, mutasaddi tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi majburiydir.

Slide 1 of 4