35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: yoshlar murojaatlari tinglandi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Namuna mahallasida barpo etilgan yangi inshootlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Namuna mahallasida yo‘l qurilishi ishlari bilan yaqindan tanishildi
янв.21
Obodonlashtirish tadbirlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov To‘rttol mahallasi Nigoh ko‘chasi 6-uyda istiqomat qiluvchi namunali xonadon egasi Raxmonov Zohidjon xonadonida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashida qonunlar ijrosini ta’minlash va aholiga yetkazish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Bobojonova Kelajak mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarning daromadini oshirish, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda davlat dasturlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
янв.21
Mahalladagi hamkorlik va o‘rganish ishlari davom etmoqda
Tuman hokimining deputatlik faoliyati

Muzrabot tumanida imkoniyati cheklangan bolalar uchun kunduzgi parvarish maskani foydalanishga topshirildi

Muzrabot tumani "Shaffof" mahallasida joylashgan "Aqilvoy Baby" MCHJ tomonidan 36 o‘rinli, imkoniyati cheklangan bolalar uchun mo‘ljallangan kunduzgi parvarish maskani tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Shodlik istirohat bog‘i hududida tashkil etilgan mazkur maskanning ochilish marosimida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 21-«Guliston» saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Abdulla Mamatqulov, tuman prokurori Baxtiyor Berdimuratov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘olib Badalov, tuman Kengashi deputatlari, nuroniylar, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Abdulla Mamatqulov ochib berar ekan, mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj bo‘lgan bolalar uchun munosib sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, tumanda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish borasidagi islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng ramziy lenta kesilib, yangi maskan rasman foydalanishga topshirildi. Mehmonlar bog‘chada bolajonlarning ta’lim olishi, dam olishi va sog‘lom rivojlanishi uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Xonalar zamonaviy jihozlar, didaktik vositalar va bolalarning ehtiyojlaridan kelib chiqib yaratilgan qulay infratuzilma bilan ta’minlangani alohida e’tirof etildi.

Tadbir davomida imkoniyati cheklangan bolajonlarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning quvonchiga quvonch qo‘shildi. Tuman Kengashi deputatlari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ham yaratilgan sharoitlarni yuksak baholab, bunday ezgu tashabbus bolalarning kelajagi uchun muhim qadam ekanini ta’kidladilar.

Tantanali marosim yakunida mehmonlar uchun dasturxon yozilib, o‘zbekona mehmondo‘stlik ruhida osh tortildi. Tadbir samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar va duolar bilan yakunlandi.

Slide 1 of 8