35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Yangiobod mahallasida mas’ullar faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Namunali xonadonda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaviy ajrimlarning oldini olish – muhim ijtimoiy vazifa
янв.21
Deputat mahallada mas’ullar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Bo‘ston mahallasida bo‘ldi
янв.21
Deputatlik nazorati: gaz ta'minoti masalalari o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: yoshlar murojaatlari tinglandi
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN RASMIY MA’LUMOT SO‘RALDI

 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN RASMIY MA’LUMOT SO‘RALDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan deputatlik nazorati doirasida navbatdagi amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan doimiy komissiya tomonidan Pastdarg‘om tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A.Turayev nomiga rasmiy so‘rov yuborildi.

So‘rovda “O‘zbekiston–2030” strategiyasining tumanda ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, jumladan, suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish holati haqida batafsil rasmiy ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur ma’lumotlar doimiy komissiya tomonidan tahlil qilinib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash, mavjud muammolarni aniqlash yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi.