35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Yangiobod mahallasida mas’ullar faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Namunali xonadonda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaviy ajrimlarning oldini olish – muhim ijtimoiy vazifa
янв.21
Deputat mahallada mas’ullar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Bo‘ston mahallasida bo‘ldi
янв.21
Deputatlik nazorati: gaz ta'minoti masalalari o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: yoshlar murojaatlari tinglandi
Uyboshi va aholi bilan muloqot davomida mavjud muammolar muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri, O‘zLiDeP a'zosi Murotova Lola Ne'matjon qizi tomonidan 24 ta tavsiyaviy savolnomaning – boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari, uy atrofi tozaligi hamda yoritilishi holatini o‘rganish yuzasidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida deputat 7-uy uyboshisi Z.Rahimova hamda uy aholisi bilan uchrashib, mavjud holat yuzasidan fikr va takliflarni tingladi. Aholi ilgari faoliyat yuritgan boshqaruv servis kompaniyasi ishidan qoniqmaganini, uy atrofi tozaligi va obodonlashtirish ishlari o‘z vaqtida bajarilmaganini ma'lum qildi.
Shu bilan birga, fuqarolar bugungi kunda mazkur hududga xizmat ko‘rsatayotgan "Bahor hause 1" boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatidan mamnun ekanliklarini bildirib, kompaniya tomonidan hududni tozalash, jumladan, uy atrofida to‘planib qolgan xazonlarning tezkor ravishda olib chiqilgani hamda obodonlashtirish ishlari samarali tashkil etilayotganini alohida e'tirof etdilar.
Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi monitoring ishlari davom ettirilib, aholining munosib yashash sharoitlarini ta'minlash hamda boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tizimli nazorat olib borilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 5