35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Musiqa va san’at maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Kutubxona-axborot markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona-axborot markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
AHOLI BILAN BEVOSITA MULOQOT
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida joylashgan Dehqonobod oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, tibbiyot muassasasining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Kutubxona axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mingbuloq mahallasida aholiga xizmat ko‘rsatish sifati va narx-navo o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasidagi yangi maktab qurilishi o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasidagi lotok qurilishi ishlari o‘rganildi
Deputatlik nazorati markazida – aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 5-«Paxtaorol» saylov okrugidan saylangan deputat Alimov Farxod, tuman Kengashi kotibiyati mudiri D. Sherboyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh. Shoymardonov ishtirokida «Dehqonobod» mahallasida joylashgan 47-oilaviy poliklinika filiali faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

Deputatlik nazorati davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifati, shifokor va hamshiralar faoliyati, fuqarolar murojaatlarining ko‘rib chiqilishi, ambulator davolash xizmatlari, dori vositalari bilan ta’minlanganlik, ularni belgilangan tartibda saqlash holati, tibbiy jihozlardan foydalanish samaradorligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar har tomonlama tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida deputatlar muassasaning qabul bo‘limi, davolash xonalari, laboratoriya, dori vositalarini saqlash xonasi hamda kunduzgi davolanish bo‘limini ko‘zdan kechirib, tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

O‘rganish davomida muassasa rahbariyati tomonidan amaliy yechim talab etadigan bir qator masalalar deputat e’tiboriga havola qilindi. Xususan, dori vositalarini saqlash uchun ajratilgan maxsus xonada hamda kunduzgi davolanish palatalarida sovitish uskunalari (konditsioner) mavjud emasligi sababli ayrim dori vositalarini ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan harorat rejimini to‘liq ta’minlash imkoniyati cheklanayotgani qayd etildi. Bu holat dori vositalarining sifatini saqlash va ularning samaradorligini ta’minlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, kunduzgi davolanish bo‘limida bemorlar uchun qo‘shimcha kushetkalarga ehtiyoj mavjudligi bildirildi.

Bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan belgilangan tartibda maxsus ro‘yxatga olinib, ularni ijobiy hal etish maqsadida Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasiga deputatlik so‘rovi yuborilishi hamda ijrosi doimiy deputatlik nazoratida bo‘lishi belgilandi.

Slide 1 of 3