Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Bobojonova Kelajak mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarning daromadini oshirish, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda davlat dasturlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
янв.21
Mahalladagi hamkorlik va o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Хamidov Mingchinor mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Хalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlarga biriktirilgan qonunlar targ‘ibotini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Yangiobod mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Nurobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish – moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish yo‘lida

Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish – moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–765, 2022-yil 20-aprel) mamlakatimizda nobank kredit tashkilotlari faoliyatining huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslarini belgilovchi muhim normativ-huquqiy hujjatlardan biri hisoblanadi.

Mazkur Qonun nobank kredit tashkilotlari tomonidan aholiga va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlarni tartibga solish, mikromoliyalashtirish xizmatlarining samaradorligini oshirish, ushbu sohada shaffoflik va ishonchlilik tamoyillarini ta’minlash hamda mijozlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

Qonunning asosiy maqsadlaridan biri — aholining, ayniqsa moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklangan qatlamlarining kredit va boshqa moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatda moliyaviy inklyuzivlikni rivojlantirishdan iborat.

Mazkur Qonun bilan quyidagi muhim yo‘nalishlar tartibga solinadi:

nobank kredit tashkilotlarini tashkil etish va faoliyat yuritish tartibi;

mikroqarz, mikrokredit va boshqa mikromoliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish shartlari;

nobank kredit tashkilotlarining huquq va majburiyatlari;

mijozlarning huquqlarini himoya qilish, ularga xizmat ko‘rsatishda ochiqlik va adolatlilik tamoyillariga rioya etish;

moliyaviy xizmatlar bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;

nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat va tartibga solish mexanizmlari.

Qonunga ko‘ra, nobank kredit tashkilotlari o‘z faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirishi, mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida to‘liq va tushunarli ma’lumot berishi, shuningdek, moliyaviy majburiyatlar yuzasidan shaffoflikni ta’minlashi lozim.

Mikromoliyalashtirish xizmatlari aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznes loyihalarini amalga oshirish va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirishda muhim vositalardan biri hisoblanadi.

Mazkur Qonun doirasida yaratilgan huquqiy mexanizmlar orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlari kengayib, zamonaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Shuningdek, Qonun moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda qonuniylik, mas’uliyat va ishonchlilik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilib, nobank kredit tashkilotlari faoliyatining barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan.