Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Bobojonova Kelajak mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarning daromadini oshirish, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda davlat dasturlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
янв.21
Mahalladagi hamkorlik va o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Хamidov Mingchinor mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Хalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlarga biriktirilgan qonunlar targ‘ibotini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Yangiobod mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Nurobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Deputatlik faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining Namunaviy odob-axloq qoidalari deputatlik faoliyatida xolislik, halollik va shaffoflikni ta'minlash hamda korrupsiyaning oldini olishga alohida e'tibor qaratadi.

📌 34-bandga ko‘ra, deputat o‘z faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi, har qanday vaziyatda beg‘araz va xolis bo‘lishi shart.

Agar Kengash sessiyasi, doimiy komissiya yoki partiya guruhi majlisida deputatning o‘zi yoki uning yaqin qarindoshlari shaxsiy manfaatdor bo‘lgan masala ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, deputat bu haqda majlisga raislik qiluvchini darhol xabardor qilishi lozim. Bunday holatlarda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida raislik qiluvchi deputatning mazkur masala muhokamasida so‘zga chiqish huquqini cheklashi mumkin.

35-bandga muvofiq, deputat o‘z vakolatlarini jismoniy yoki yuridik shaxslar manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga ulardan har qanday sovg‘a olishi taqiqlanadi.

Biroq deputat:

  • Kengash qarori asosida alohida xizmatlari uchun;
  • musobaqa va tanlovlarda erishgan yutuqlari uchun;
  • davlat bayramlari va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan;
  • xizmat safarlari, xalqaro yoki xorijiy delegatsiyalar ishtirokidagi rasmiy tadbirlar davomida sovg‘alar olishi mumkin.

Shu bilan birga, xizmat safari yoki xalqaro rasmiy tadbirlar davomida olingan sovg‘aning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravaridan oshmasligi lozim. Ushbu miqdordan ortiq qiymatdagi sovg‘alar Kengash mulki hisoblanadi va belgilangan tartibda Kengashga topshirilishi shart.

36-bandga asosan, deputat o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi hamda korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakat yoki harakatsizlikning oldini olishi shart.

Agar deputat korrupsiya holatlari yoki shunday xavf mavjudligi haqida ma'lumotga ega bo‘lsa, u korrupsiyaning oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishi, Kengash yoki uning organlari rahbarlarini, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilishi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishi lozim.