Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratova 11-Alisher Navoiy saylov okrugidagi Turon mahallasida bo‘lib, hududda faoliyat yuritayotgan yoqilg‘i quyish shoxobchasida nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida shoxobchada kirish-chiqish yo‘laklari, panduslar, maxsus avtoturargohlar xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, inklyuziv infratuzilmani yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan holat yuzasidan mas’ul tashkilotga tegishli tavsiya berilib, nogironligi bo‘lgan fuqarolar huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
Deputatlik va jamoatchilik nazorati doirasida bunday o‘rganishlar hududlarda mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etishga xizmat qiladi.