Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Bobojonova Kelajak mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarning daromadini oshirish, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda davlat dasturlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
янв.21
Mahalladagi hamkorlik va o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Хamidov Mingchinor mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Хalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlarga biriktirilgan qonunlar targ‘ibotini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Yangiobod mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Nurobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari N.Turdiyev, E.Babayev va bosh mutaxassis D.Shakarboyevlar tomonidan Mustaqillik mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroga tuman Kengashi 27-sessiyasida 1-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan oila xonadonini ta’mirlash hamda energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy loyiha uchun ajratilgan mablag‘lar ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

🔷O‘rganish jarayonida qurilish ishlari yakuniga yetkazilganligi hozirda faqat isitish tizimini o‘rnatish ishlari boshlanish arafasida ekanligi aniqlandi. Shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🔷Mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan nazoratga olinib, fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5