Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Avulmat mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedovlar Fayziobod mahallasida yaqinda barpo etilgan piyodalar yo‘lakchasi va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.
янв.21
Fayziobod mahallasida amalga oshirilgan yo‘l ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
To‘rttol mahallasida sug‘orish infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
To‘rttol mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov hamda tuman hokimi M.Axmadjonovlar Yoshlik mahallasida qurilish ishlari bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar To‘rttol mahallasi raisi I.Raxmonov bilan birgalikda yangi ko‘prikda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova o‘ziga biriktirilgan To‘rttol mahallasida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raximov Avulmat mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva xizmat safari doirasida Ulug‘nor tumanida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekpert_guruhi
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekpert_guruhi

Mahalladagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova tomonidan mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ehtiyojmand ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi faoliyat MFY xotin-qizlar faoli Hamroyeva Nilufar Nasriddinovna tomonidan amalga oshirilayotgani o‘rganildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar hududdan saylangan deputat K. Yodgorova tomonidan deputatlik nazorati asosida o‘rganib borilib, xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aniqlangan masalalarni hal etishga ko‘maklashish hamda deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash vazifalari Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash