35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: yoshlar murojaatlari tinglandi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Namuna mahallasida barpo etilgan yangi inshootlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Namuna mahallasida yo‘l qurilishi ishlari bilan yaqindan tanishildi
янв.21
Obodonlashtirish tadbirlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov To‘rttol mahallasi Nigoh ko‘chasi 6-uyda istiqomat qiluvchi namunali xonadon egasi Raxmonov Zohidjon xonadonida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashida qonunlar ijrosini ta’minlash va aholiga yetkazish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Bobojonova Kelajak mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarning daromadini oshirish, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda davlat dasturlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
янв.21
Mahalladagi hamkorlik va o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Хamidov Mingchinor mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
#deputat_so'rovi yuborildi

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 2-Qo‘rg‘oncha saylov okrugidan saylangan deputati Kasimova Kamola Smatullayevna tomonidan Muborak mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan uchrashuv va sayyor qabul davomida fuqarolardan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq qator murojaatlar kelib tushdi.

O‘rganishlar davomida ayrim xonadonlar markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulanmagani sababli aholi asosan uy quduqlaridan foydalanib kelayotgani hamda iste’mol qilinayotgan ichimlik suvi sifati talab darajasida emasligi aniqlandi.

Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida hududda qo‘shimcha suv inshooti barpo etish hamda ichimlik suvi tarmog‘ini kengaytirish yuzasidan “Samarqandsuvta’minoti” MCHJ Toyloq tuman filiali boshlig‘i A.E.Shukurovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook