Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati To‘rttol mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U. Achilov To‘rttol mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tezlikni o‘lchovchi avtomatlashtirilgan kamera o‘rnatish masalasini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov o‘zining 18-To‘rttol saylov okrugi hududida joylashgan To‘rttol mahallasida aholi farovonligini ta’minlash, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida targ‘ibot tadbirini amalga oshirdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev o‘ziga biriktirilgan Bobur mahallasiga tashrif buyurdi.
янв.21
Fazogir mahallasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan kelib tushgan murojaat o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva tomonidan Fazogir mahallasi hududida xonadonbay o‘rganish va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
янв.21
Fazogir mahallasida tashkil etilayotgan oilaviy bog‘chaning tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining tasdiqlangan ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova o‘ziga biriktirilgan Fazogir mahallasida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva bilan birgalikda o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.
#doimiy komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Jondor tuman bo‘limi boshlig‘i B.Qurbonovning 2026 yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jondor tuman Kengashi deputatlik guruhining axboroti atroflicha muhokama qilindi.
Hisobotda tuman hududida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik nazoratni kuchaytirish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, daraxt va yashil hududlarni saqlash, noqonuniy qum-shag‘al qazib olish holatlarining oldini olish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi deputatlik guruhi tomonidan ekologik qonunchilik ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, mahallalarda ekologik muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida axborot taqdim etildi.
Muhokamalar davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan hisobot va axborot yuzasidan fikr-mulohazalar, taklif hamda tavsiyalar bildirildi. Xususan, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada kengaytirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik nazorat tadbirlari samaradorligini oshirish va aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar va tavsiyalar berildi. Doimiy komissiya tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini muntazam amalga oshirish ta’kidlandi.
Mazkur yig‘ilish ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhit muhofazasi sohasidagi ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat organlari va deputatlik korpusi o‘rtasid

Slide 1 of 4