📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi O‘zLiDeP deputati M.Yaxshimuratova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan fuqaro murojaati asosida Shovot–Gurlan avtomobil yo‘lidagi “Kuraklar” zaxkash ko‘prigining texnik holati joyiga chiqib o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida ko‘prikning nosoz holatdaligi, harakat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq mavjud muammolar hamda ta’mirlash zarurati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
🤝 Mazkur masala yuzasidan mavjud holat tahlil qilinib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash zarurligi qayd etildi.
📝 O‘rganish yakuniga ko‘ra, deputat tomonidan mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritilishi belgilandi.
✅ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish, mavjud muammolarni qonuniy asosda hal etish hamda ularning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.